Kichik biznesdan tortib yirik korxonalargacha — xavfsiz va professional buxgalteriya!
Biznesingiz hajmi qanday bo'lishidan qat'i nazar, hisob-kitoblaringizni qonuniy, aniq va jarimalarsiz yuritishni o'z zimmamizga olamiz.
Buxgalteriyadagi tartibsizlik va soliq xavflariga chek qo'yamiz!
Ekspress-audit sovg'a
Saytimizda so'rovnomadan o'ting va buxgalteriyangizning real holatini bepul bilib oling.
Noldan tiklash
Chalkash 1S bazalari va topshirilmay qolgan hisobotlarni qisqa muddatda titkilab, tekislab beramiz.
Professional himoya
Soliq idoralaridan kelgan har qanday xat va talabnomalarga (kameral) o'zimiz asosli javob beramiz.
Tanish holatmi?
- Mahsulot tannarxi «taxminan» hisoblanadi — qaysi sex zararda ishlayotganini bilmaysiz
- Balans topshiriladigan eng muhim paytda buxgalter kasal bo'lib qoldi, ta'tilga chiqdi yoki ogohlantirmasdan ishni tashlab ketdi
- Kameral tekshiruvdan xat keldi, lekin buxgalter buni qanday hal qilishni bilmayapti yoki qo'rqyapti
- Hisob daftar va Excel'da yuritiladi, 1C bor, lekin unda hech kim to'liq ishlamaydi
- Hujjatlar va ombor qoldiqlari hisobi yuritilmagan, debitorlik qarzlarini nazorat qilib bo'lmayapti
- Hisobot oxirgi kechada, xatolar va tuzatishlar bilan topshiriladi
- Korxonangiz qonuniy imtiyozlardan foydalanmayapti va aslida mavjud bo'lmagan foydadan ham soliq to'layapti
- Kadrlar hujjatlari Yagona milliy mehnat tizimiga (my.mehnat.uz) vaqtida kiritilmagani uchun Mehnat inspeksiyasidan jarima xavfi bor
Xizmatlar
Buxgalteriya hisobini to'liq yuritish (Autsorsing)
+ Bu xizmat doimiy buxgalter o'rnini mukammal darajada bosadi. Korxonangizning barcha birlamchi hujjatlaridan tortib, yakuniy balansgacha bo'lgan jarayonni o'z zimmamizga olamiz.
Buxgalteriya hisobini to'liq yuritish (Autsorsing)
+MChJ (OOO), YaTT (IP), qo'shma korxonalar (SP) va xorijiy korxonalar uchun.
- Bank-mijoz bilan ishlash (to'lov topshiriqnomalari, kirim-chiqim operatsiyalari)
- Elektron hisob-fakturalar (ESF) va yuk xatlarini (TTN) rasmiylashtirish hamda nazorat qilish
- Asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar (TMB) va ombor hisobini yuritish
- Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini doimiy monitoring qilish va solishtirma dalolatnomalar (akt sverki) tuzish
- Ichki xo'jalik operatsiyalarini 1S dasturiga kiritish
Soliq hisobotlari va soliqni optimallashtirish
+ Soliq qonunchiligi (Soliq kodeksi) doimiy ravishda o'zgarib turadi. Bizning ekspertlar soliqlaringizni qonuniy yo'l bilan kamaytirish va xatolarsiz topshirishga yordam beradi.
Soliq hisobotlari va soliqni optimallashtirish
+- Aylanmadan olinadigan soliq, QQS (NDS), Foyda solig'i, JShShDS (NDFL) va ijtimoiy soliq hisobotlarini shakllantirish
- Hisobotlarni Davlat soliq qo'mitasining my.soliq.uz portali orqali o'z vaqtida va xatosiz jo'natish
- QQS guvohnomasini olish, to'xtatib qo'yilgan bo'lsa, uni qayta tiklashda ko'maklashish
- Soliq organlaridan kelgan xat va xabarnomalarga (kameral tekshiruvlar) professional va asoslangan javob xatlarini tayyorlash
- Soliq yukini qonuniy yo'l bilan optimallashtirish (mavjud imtiyozlardan to'g'ri foydalanish)
Kadrlar ishini yuritish va ish haqini hisoblash
+ Xodimlar bilan bog'liq har qanday xatolik Mehnat inspeksiyasi tomonidan katta jarimalarga sabab bo'lishi mumkin. Biz barcha jarayonni qonuniy tartibga solamiz.
Kadrlar ishini yuritish va ish haqini hisoblash
+- Yagona milliy mehnat tizimida (my.mehnat.uz) ish beruvchi va xodimlar o'rtasidagi mehnat shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazish (buyruqlar, ko'chirishlar, bo'shatishlar)
- Korxonaning ichki mehnat tartib-qoidalari, shtat jadvali va shtat lavozimlarini ishlab chiqish
- Ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish
- Oylik ish haqi, kasallik varaqlari (bolnichniy), ta'til pullari (otpusknoy) va kompensatsiyalarni hisoblash
- Xodimlar uchun plastik kartalarga ish haqi vedomostlarini shakllantirish va jo'natish
Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF/VED) buxgalteriyasi
+ Eksport va import bilan shug'ullanuvchi korxonalar uchun valyuta nazorati va bojxona hujjatlari bilan ishlash juda murakkab hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF/VED) buxgalteriyasi
+- Tashqi savdo shartnomalarini YEISVO tizimiga kiritish va ularning ijrosini nazorat qilish
- Bojxona yuk deklaratsiyalari (BYuD/GTD) asosida tovarlarni kirim qilish
- Valyuta hisob raqamlari bilan ishlash, valyuta konversiyasi va kurs farqlarini to'g'ri aks ettirish
- Xorijiy hamkorlar bilan hisob-kitoblar monitoringi va bojxona to'lovlarini optimallashtirish bo'yicha maslahatlar
Buxgalteriya hisobini qayta tiklash va tartibga solish
+ Agar avvalgi buxgalteringiz ishlarni tashlab ketgan bo'lsa, hujjatlar yo'qotilgan yoki bazada tizimsizlik bo'lsa, biz hammasini noldan boshlab to'g'irlaymiz.
Buxgalteriya hisobini qayta tiklash va tartibga solish
+- Korxona buxgalteriyasining amaldagi holatini ekspress-auditdan o'tkazish (xato va kamchiliklarni aniqlash)
- O'tkazib yuborilgan yoki xato topshirilgan soliq hisobotlarini qayta hisoblash va qaytadan (uto'chnenniy) topshirish
- Yo'qotilgan birlamchi hujjatlarni (bank, faktura, aktlar) tiklash
- 1S dasturidagi bazani qonunchilik talablariga mos holda tartibga solish va moliyaviy balansni to'g'irlash
Biznesni ro'yxatdan o'tkazish va tugatish (Yuridik xizmatlar)
+ Biznesni boshlayotganlar yoki uni yopayotganlar uchun hujjatbozlik ishlarini osonlashtiramiz.
Biznesni ro'yxatdan o'tkazish va tugatish (Yuridik xizmatlar)
+- Davlat xizmatlari markazi orqali MChJ yoki YaTTni masofadan turib, tezkor ro'yxatdan o'tkazish
- Nizom (Ustav) va ta'sis hujjatlarini tayyorlash
- Korxona faoliyati turiga qarab to'g'ri soliq tizimini (Aylanmadan olinadigan soliq yoki QQS/Foyda solig'i) tanlash
- Korxonani ixtiyoriy ravishda tugatish (likvidatsiya) jarayonini soliq tekshiruvlarisiz, tinch yo'l bilan yakunlash
Tariflar va narxlar
Biznesingiz hajmi va ehtiyojlaridan kelib chiqib mos tarifni tanlang. Ortiqcha shtat va yashirin to'lovlarsiz — faqat bajarilgan ish hajmi uchun to'laysiz.
Start
Kichik biznes uchun
Yangi ochilgan korxonalar, faoliyatini endi boshlagan tadbirkorlar va hujjat aylanmasi kam bo'lgan biznes uchun.
- Biznes turi
- Kichik YaTT va aylanmadan soliq to'lovchi MChJlar
- Hujjatlar hajmi
- Oyiga 15 tagacha birlamchi hujjat (EHF, bank to'lovlari)
- Xodimlar soni
- 1–2 nafargacha
- ✓ Bank-mijoz operatsiyalari (oyiga 2 marta)
- ✓ Choraklik va yillik soliq hisobotlarini topshirish
- ✓ Kadrlar hisobi (2 kishigacha)
- ✓ Telegram orqali tezkor qo'llab-quvvatlash
Kirmaydi: QQS hisob-kitobi va hisoboti · TIF (VED) operatsiyalari · buxgalteriyani qayta tiklash
Rivojlanish
Faol savdo, xizmat ko'rsatish yoki yengil ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi QQS to'lovchi korxonalar uchun to'liq kompleks xizmat.
- Biznes turi
- Umumbelgilangan soliq (QQS va Foyda solig'i) to'lovchi MChJlar
- Hujjatlar hajmi
- Oyiga 50 tagacha birlamchi hujjat
- Xodimlar soni
- 10 nafargacha
- ✓ Kundalik bank va EHF operatsiyalari
- ✓ Oylik QQS va boshqa barcha soliq hisobotlari
- ✓ To'liq kadrlar hisobi va my.mehnat.uz bilan ishlash
- ✓ Ish haqi, ta'til va kasallik pullarini hisoblash
- ✓ Soliq xabarnomalariga (kameral) javob tayyorlash
Kirmaydi: TIF va valyuta operatsiyalari · BYuD (GTD) · ko'p peredelli ishlab chiqarish tannarxi
Premium / TIF
Yirik va masshtabli biznes
Eksport-import (VED) operatsiyalari mavjud, ishlab chiqarish quvvatlariga ega yoki yirik chakana/ulgurji savdo tarmoqlari uchun.
- Biznes turi
- TIF bilan shug'ullanuvchi va yirik aylanmaga ega korxonalar
- Hujjatlar hajmi
- Cheklanmagan (yoki kelishilgan hajmda)
- Xodimlar soni
- 10 nafardan ortiq
- ✓ «Rivojlanish» tarifidagi barcha xizmatlar
- ✓ Import/eksport shartnomalarini YEISVO tizimiga kiritish
- ✓ Bojxona yuk deklaratsiyalari (BYuD) va valyuta hisobini yuritish
- ✓ Ishlab chiqarish tannarxi va ombor qoldiqlarining murakkab hisobi
- ✓ Shaxsiy soliq maslahatchisi — ish kunlari 1 soat ichida javob
Narx nimalarga bog'liq
Agar yuqoridagi tariflar biznesingizga to'liq mos kelmasa, narx quyidagi mezonlar asosida individual hisoblanadi:
- Korxonaning soliq tizimi (QQS bor yoki yo'qligi)
- Bir oylik bank aylanmalari va EHFlar soni
- Faoliyat turi (chakana savdo, ulgurji savdo, ishlab chiqarish, qurilish, TIF)
- Rasmiy ishlaydigan xodimlar soni
Narxlar «...dan boshlab» ko'rsatilgan va ommaviy oferta hisoblanmaydi. Yakuniy summa bepul ekspress-audit natijasiga ko'ra shartnomada belgilanadi.
O'z tarifingizni yig'ing
Biznesingiz turini va hujjatlar sonini tanlang — 1 ish kuni ichida aniq tijorat taklifini (KP) tayyorlab yuboramiz.
Bepul hisoblash vositalari
Buyurtma bermasdan turib o'zingiz hisoblab ko'ring.
Ish jarayoni
To'rt qadam. Birinchisi bepul, hech qanday majburiyatsiz.
- 01
Ariza va tanishuv
Saytda ariza qoldirasiz yoki Telegram orqali yozasiz. Ish kunlari 1 soat ichida bog'lanamiz va 30 daqiqalik suhbatda korxonangiz bilan tanishamiz.
- 02
Bepul ekspress-audit va yozma xulosa
Joriy hisobotingiz va 1C bazangizni ko'rib chiqamiz. Natijani yozma ravishda beramiz: nima tartibda, qayerda soliq xavfi bor, birinchi navbatda nimani tuzatish kerak. Shu yerda biznesingizga mos tarifni ham taklif qilamiz.
- 03
Shartnoma, kafolat va NDA
Rasmiy shartnoma tuzamiz. Unda tomonlar javobgarligi va ma'lumotlarning sir saqlanishi (NDA) aniq belgilab qo'yiladi.
- 04
Bazani qabul qilish va doimiy ish
Hujjatlaringiz va 1C bazangizni qabul qilamiz. Hujjatlarni DIDOX va Telegram orqali yuborasiz. Biz kundalik operatsiyalarni yuritamiz, hisobotlarni o'z vaqtida topshiramiz va har oy sizga moliyaviy hisobot beramiz.
15+ yillik tajriba. 200+ muvaffaqiyatli tekshiruv.
Bizning jamoamiz — ko'p yillik amaliy tajribaga ega bosh buxgalterlar va auditorlardan tashkil topgan. Tajribamizni zamonaviy texnologiyalar bilan birlashtirib, bizneslar uchun ishonchli va xavfsiz buxgalteriya tizimlarini yaratamiz.
15+ yil
Jamoa a'zolarining o'rtacha ish tajribasi
200+
Muvaffaqiyatli yakunlangan soliq va auditorlik tekshiruvlari
Trillionlab so'm
Nazorat qilingan moliyaviy aylanmalar hajmi
360°
Buxgalteriya, soliq va auditni kompleks nazorat qilish
Qonunchilikni chuqur bilish
O'zbekiston soliq va mehnat qonunchiligidagi o'zgarishlarni muntazam kuzatib, qarorlarni amaldagi talablar asosida qabul qilamiz.
Murakkab holatlarda tajriba
Soliq tekshiruvlari, kameral nazorat, reviziya va boshqa murakkab holatlarda ko'p yillik amaliy tajribaga egamiz.
Zamonaviy texnologiyalar
Bulutli 1C, EHF, avtomatlashtirilgan tizimlar va Telegram integratsiyalari orqali buxgalteriya jarayonlarini tez va shaffof boshqaramiz.
Biznesingiz buxgalteriyasi va soliq xavflarini mutaxassislar bilan birgalikda baholang.
Bepul ekspress-auditKimlar uchun mos
Mos
- + Ishlab chiqarish korxonalari va klasterlar
- + Ulgurji va chakana savdo tarmoqlari
- + TIF (eksport-import) bilan shug'ullanuvchi korxonalar
- + Yangi ochilgan YaTT va kichik MChJlar
- + Buxgalteri ishni tashlab ketgan korxonalar
Mos emas
- − «Orqaga sana qo'yib rasmiylashtirish» kerak bo'lgan kompaniyalar
- − Hujjatsiz aylanmani hisobga olishni so'raydiganlar
- − Soliqni qonundan chetlab yashirishni kutayotganlar
Ko'p beriladigan savollar
Masofadan ishlaysizmi yoki ofisda hozir bo'lish kerakmi? +
Ha, masofadan ishlaymiz. Hujjatlarni elektron shaklda qabul qilamiz. Zarur bo'lsa, korxonaga borib ham ishlashimiz mumkin.
Soliq qo'shimcha to'lov belgilasa, kim javobgar bo'ladi? +
Mas'uliyat shartnomada qayd etilgan: agar qo'shimcha to'lov bizning xatoimiz tufayli yuzaga kelsa, uni kompaniya to'laydi. Biz yuridik shaxs sifatida ishlaymiz.
Hujjatlar qanday uzatiladi — qog'oz, Telegram, DIDOX? +
Asosan DIDOX orqali. Kerakli ma'lumot va fayllarni Telegram orqali ham yuborishingiz mumkin.
Siz yolg'iz ishlaysizmi yoki jamoa bormi? +
4 mutaxassisdan iborat jamoa. Kundalik hisobni biriktirilgan buxgalterlar yuritadi, hisobotni topshirishdan oldin yakuniy tekshiruvni amaliyot rahbari — 25 yildan ortiq tajribaga ega bosh buxgalter amalga oshiradi.
Doimiy xizmat emas, bitta loyihadan boshlash mumkinmi? +
Ha. Masalan, faqat tannarxni hisoblash, buxgalteriyani tartibga keltirish yoki soliq bo'yicha tekshiruvdan oldin hisobni ko'rib chiqishimiz mumkin.
QQS to'lovchi korxonalar bilan ishlaysizmi? +
Ha, ishlaymiz. QQS hisob-kitobi va hisobotlarini ham yuritamiz.
Agar bizda 1C umuman bo'lmasa-chi? +
Ha. 1C bo'lmasa ham buxgalteriyani yo'lga qo'yish va 1C dasturini joriy qilishda yordam beramiz.
Bir vaqtning o'zida nechta korxonani yuritasiz? +
«Premium / TIF» tarifida bir vaqtning o'zida 6 tadan ortiq korxona olmaymiz — bu tarif amaliyot rahbarining shaxsiy vaqtini talab qiladi. «Start» va «Rivojlanish» tariflarida hajm kengroq, lekin har bir hisobot topshirilishidan oldin amaliyot rahbarining yakuniy tekshiruvidan o'tadi.
Aloqa
Ariza qoldiring — ish kunlari 1 soat ichida javob beramiz.